UzMU xabarlari
OLIY O‘QUV YURTLARIDA KVANT MEXANIKASI KURSIDA IKKI TIRQISHLI EKSPERIMENTNING FUNDAMENTAL FIZIK NATIJALARINI VA SUPERPOZITSIYA PRINSIPINI O‘RGANISH METODIKASI
Райгул Хoжаназарoва, Б А Абдикамалов
Abstract
Tadqiqotning asosiy maqsadi foton, electron yoki boshqa mikrozarrachalarning interferensiyalanish holatlarini superpozitsiya natijasida koʻrsatish kerak boʻlgan oʻqitish usullarini izlashdan iborat edi. Koʻzlangan maqsadga erishishda talaba har qanday toʻlqin jarayonining interferensiyalanishi bilan bogʻlik barcha jarayonlarni visual va samarali aks ettirishi mumkin. Tadqiqot natijalari kvant mexanikasining turli boʻlimlarini oʻrganish izchilligi va mavzuni oʻrganishning dastlabki bosqishida superpozitsiya prinsipi va ikki tirqishli tajribani batafsil tahlil qilish bilan talabalarning bilimlari yoʻqori koʻrsatkichlarga sezilarli darajada oshganligini koʻrsatdi.