Educational Research in Universal Sciences
NISBIYLIK NAZARIYASI HAMDA EYNSHTEYN PASTULOTLARI. KVANT MEXANIKASI VA MIKROZARRALAR
Mavzurjon Xursanboyevich Qo‘chqorov, Moxinur Voxidjon qizi Muxammadyusupova
Abstract
Ushbu maqolada mexanika va uning maxsus nisbiylik nazariyasi - mexanika qonunlarini elektromagnit maydon qonunlari bilan moslashtirishga urinishdan kelib chiqqanligini ifodalaydi. Yana maqolada maxsus nisbiylik nazariyasi haqida tushunchalar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, “Kvant mexanika fani nimani o‘rganadi?” degan savolga ham javob topish mumkin. Kvant mexanikasi mikroolamga tegishli bo‘lgan zarralarning xatti-harakati qonuniyatlarini va bu olamda ro‘y beradigan fizikaviy hodisalar va jarayonlarni o‘rganadigan fandir. Mikroolamga mansub bo‘lgan zarralarning o‘lchami nihoyatda kichik bo‘lib, ularni mikrozarralar deyilishi va ularni chuqurroq o‘rganish haqida bilib olish mumkin. Shuningdek, o‘lchami m ga teng bo‘lgan yoki undan kichik bo‘lgan zarralar mikrozarralar deyiladi. Ularga misol qilib, foton, elektron, neytron, proton, mezon kabi zarralarni olish mumkin.