Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Log inSign up
Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Blog
Job Board
Q3AS

© 2026 Aqora Quantum S.A.S.

TermsPrivacyLegal Notice

Eurasian Journal of Law Finance and Applied Sciences

KVANT TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLARI: KELIB CHIQISHIDAN HOZIRGI HOLATIGACHA

Muyassar Davlatova

Published Dec 23, 2025• 0 citations
Publisher

Abstract

Ushbu maqolada kvant texnologiyalarining eng so’nggi mahsullaridan hisoblangan kvant kompyuterini ishlashining nazariy asoslari, axborotni qayta ishlash va uning o'ziga xos xususiyatlari, amaliyotga tadbiq etishning murakkabliklari shu jumladan, kvant hisoblashning rivojlanish bosqichlari, kontseptsiyadan tortib, butun dunyo va O’zbekistondagi holati, olib borilayotgan ishlargacha muhokama qilinadi. Kvant texnologiyalaridan turli sohalarda foydalanish istiqbollari biroz bahsli. Kvant kompyuterlarining tibbiyotga kiritilishi odamlarning hayot sifatini va sog’liqlarini sezilarli darajada yaxshilaydigan yangi dori vositalarini yaratishga yo‘l ochadi. Miyani yanada samarali o'rganish, Parkinson va Altsgeymer kabi kasalliklarini davolash mumkin bo'ladi. Kvant texnologiyalarini qo'llash orqali ishonchli xavfsizlikni yaratish va infratuzilmani yanada samarali rivojlantirish mumkin bo'ladi. Ammo harbiy ishlarda sun'iy intellekt va kvant texnologiyalari butunlay yangi qurollarning yaratilishiga olib kelishi ommaviy qirg'inni yuzaga chiqarishi mumkin.

DOI
10.70413/ejlfas-v05-i12-s47544

Related papers

TARMOQ XAVFSIZLIGIDA KVANT KOMPYUTERLARI VA ULAR TA’SIRI

Ismoiljonova Maftuna Ibrohimjon qizi

Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan tarmoq xavfsizligi hamda ma’lumotlarni himoyalash masalalari jadal sur’atlarda dolzarb bo‘lib bormoqda. Kvant kompyuterlarining paydo bo‘lishi esa bu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Kvant kompyuterlari, klassik shifrlash algoritmlarini buzish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularning kelajakdagi ta’siri tarmoq xavfsizligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kvant kompyuterlarining tarmoq xavfsizligiga ta’siri chuqurroq ko‘rib chiqilgan bo‘lib, mavjud kriptografik algoritmlarning zaif tomonlari tahlil qilingan va post-kvant kriptografiya protokollari kabi yechimlar taklif etilgan. Maqolada Shor va Grover kabi kvant algoritmlarining klassik shifrlash tizimlariga ta’siri, ularni buzish imkoniyatlari hamda post-kvant kriptografiya orqali xavfsizlikni mustahkamlash usullari baholangan. Natijada, kvant kompyuterlarining potentsial hujumlari oldini olish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kvant kompyuterlarining tarmoq xavfsizligiga musbat ta’sir o‘stirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola, kvant kompyuterlarining kelajakdagi rivojlanishi va kiberxavfsizlik sohasida ularga qarshi qo‘llaniladigan zamonaviy yechimlarni tushunishga yordam beradi.

Журнал научных исследований и их решений•Apr 16, 2025•0 citations

KVANT FIZIKASINING KIMYO VA ZAMONAVIY TIBBIYOT RIVOJLANISHIDAGI O'RNI

Normamatova Ravza Farruxovna Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kimyo yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Mazkur tezisda kvant fizikasining kimyo va zamonaviy tibbiyot rivojlanishidagi nazariy hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Kvant mexanikasi atom va molekulalarning ichki tuzilishini o‘rganishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi, elektronlarning energetik holati va atomlararo bog‘lanishlarni tushuntirishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kvant fizikasining kimyo sohasidagi qo‘llanilishi, xususan kvant kimyosi, spektroskopiya, lazer texnologiyalari va yangi kimyoviy moddalarni sintez qilishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kvant nazariyasi asosida yaratilgan hisoblash usullari murakkab kimyoviy reaksiyalarni oldindan aniqlash va samarali katalizatorlar ishlab chiqishda muhim vosita ekanligi ta’kidlangan. Tezisda zamonaviy tibbiyotda kvant fizikasi asosida rivojlangan diagnostika va davolash usullariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi, lazer terapiyasi hamda radioterapiya kabi texnologiyalarning ishlash prinsiplari kvant hodisalari bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan izohlangan. Ayniqsa, saraton kasalliklarini erta aniqlash va davolashda kvant texnologiyalarining samaradorligi tahlil etilgan. Bundan tashqari, nanotexnologiyalar va nanozarrachalar asosidagi dori vositalarini yaratishda kvant fizikasi muhim o‘rin egallashi yoritilgan. Kalit so‘zlar: kvant fizikasi, kvant mexanikasi, kvant kimyosi, molekulyar tuzilish, spektroskopiya, lazer texnologiyasi, nanotexnologiya, magnit-rezonans tomografiya, radioterapiya, diagnostika, kvant biologiyasi, innovatsion tibbiyot, nanozarrachalar, kimyoviy reaksiyalar, zamonaviy texnologiyalar.

•May 28, 2026•0 citations

KVANT MEXANIKASINING ZAMONAVIY FIZIKA TARAQQIYOTIDAGI O'RNI

Salomat Sultonova

Mazkur maqolada kvant mexanikasining shakllanish bosqichlari, uning asosiy nazariy tamoyillari hamda zamonaviy ilm-fan va texnologiyalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Kvant nazariyasining klassik fizika bilan o‘zaro bog‘liqligi, mikroolam hodisalarini tushuntirishdagi ahamiyati va amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, kvant mexanikasining kelajakdagi istiqbollari ham muhokama qilinadi.

•Feb 28, 2026•0 citations

TIBBIYOTDA KVANT TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI

Xodjayeva Diyora Zuxriddinovna, Karimov Elbek Komil o’g’li, Jo’raxo’jayev Shoxjalil Jamol o’g'li +1 more

Ushbu maqola tibbiyot sohasida kvant texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi va ilmiy asoslarini tahlil qiladi. Kvant sensorlari, kvant tasvirlash tizimlari, kvant hisoblash va kvant kommunikatsiya texnologiyalarining diagnostika, davolash va farmatsevtik tadqiqotlarda samaradorligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada kvant texnologiyalarining klinik laboratoriya tahlillari, onkologiya, kardiologiya va neyrodiagnostikada innovatsion yondashuv sifatida tatbiqi, shuningdek, ularning afzalliklari va mavjud cheklovlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot kvant texnologiyalarining sog‘liqni saqlash tizimida kelajakda integratsiyasi imkoniyatlarini baholashga qaratilgan.

Modern education and development•Dec 8, 2025•0 citations

KVANT KOMPYUTERLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGINING YANGI DAVRI: ILMIY ASOSLAR VA AMALIY AHAMIYATI

Abror Kamalidin o'g'li Mamaraimov, Suhrobbek Ulug'bek o'g'li Ziyotov

So‘nggi yillarda kvant kompyuterlari rivoji axborot texnologiyalari sohasida tub burilish yasamoqda. Ayniqsa, an’anaviy kriptografik algoritmlarning kvant hisoblashlar oldida zaiflashishi axborot xavfsizligiga yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ushbu maqolada kvant kompyuterlarining ishlash prinsiplari, ularning mavjud shifrlash tizimlariga ta’siri hamda kvantga chidamli kriptografiyaning ilmiy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.

•Dec 1, 2025•0 citations

KVANT FIZIKASI VA UNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAGI O'RNI

Shavqiya Kudirova

Mazkur maqolada kvant fizikasining shakllanishi, asosiy nazariy tushunchalari va qonuniyatlari keng yoritilgan. Shuningdek, kvant mexanikasining zamonaviy texnologiyalar rivojidagi o‘rni, xususan, yarimo‘tkazgichlar, lazer texnologiyalari, kvant kompyuterlar va tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada kvant texnologiyalarining istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.

•Apr 11, 2026•0 citations