Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Log inSign up
Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Blog
Job Board
Q3AS

© 2026 Aqora Quantum S.A.S.

TermsPrivacyLegal Notice

Journal of Experimental Studies

FAZAVIY VA GRUPPAVIY TEZLIKLAR

Aslonov Xayrullo Shukrullo o'g'li, Muslimaxon MA’RUFXO‘JAYEVA, Zulfinoz TO‘LANBOYEVA

Published Dec 11, 2023• 0 citations
OpenAlex

Abstract

Ushbu maqolada to‘lqin xossalari o‘rganildi, so‘ngra fazaviy va gruppaviy tezliklar ifodalari keltirib chiqarildi. Bundan tashqari noaniqlik prinsipi tengsizligi ifodasi keltirib chiqarilib, fizikada mikroob’ektlarning holatini o‘ta yuqori aniqlikda emas, balkim ma’lum ehtimollikda aniqlash mumkinligi ko‘rib chiqildi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, yassi to‘lqinlarning superpozitsiyasi orqali amplitudaning fazoning kichik qismda nolga teng bo‘lmaydigan qolgan qismida esa nolga teng bo‘ladigan to‘lqin protsessni to‘lqin paketlar sifatida o‘rganishga ham urinib ko‘rildi. Lekin to‘lqin paketlarning vaqt mobaynida yoyilib va yo‘qolib ketishi bunga yo‘l qo‘ymadi. Bundan tashqari to‘lqinlar bo‘linmaslik xossasiga ega emas. Ular ikki muhit chegarasida qaytgan va singan to‘lqinlarga, kristal orqali o‘tganda esa difraksion dastalarga ajralar ekan.

Related papers

TARMOQ XAVFSIZLIGIDA KVANT KOMPYUTERLARI VA ULAR TA’SIRI

Ismoiljonova Maftuna Ibrohimjon qizi

Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan tarmoq xavfsizligi hamda ma’lumotlarni himoyalash masalalari jadal sur’atlarda dolzarb bo‘lib bormoqda. Kvant kompyuterlarining paydo bo‘lishi esa bu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Kvant kompyuterlari, klassik shifrlash algoritmlarini buzish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularning kelajakdagi ta’siri tarmoq xavfsizligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kvant kompyuterlarining tarmoq xavfsizligiga ta’siri chuqurroq ko‘rib chiqilgan bo‘lib, mavjud kriptografik algoritmlarning zaif tomonlari tahlil qilingan va post-kvant kriptografiya protokollari kabi yechimlar taklif etilgan. Maqolada Shor va Grover kabi kvant algoritmlarining klassik shifrlash tizimlariga ta’siri, ularni buzish imkoniyatlari hamda post-kvant kriptografiya orqali xavfsizlikni mustahkamlash usullari baholangan. Natijada, kvant kompyuterlarining potentsial hujumlari oldini olish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, kvant kompyuterlarining tarmoq xavfsizligiga musbat ta’sir o‘stirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan. Maqola, kvant kompyuterlarining kelajakdagi rivojlanishi va kiberxavfsizlik sohasida ularga qarshi qo‘llaniladigan zamonaviy yechimlarni tushunishga yordam beradi.

Журнал научных исследований и их решений•Apr 16, 2025•0 citations

KVANT HOLATLARI ASOSIDA MAXFIY KALIT HOSIL QILISH VA UNI ELLIPTIK EGRI CHIZIQLAR YORDAMIDA HIMOYALANGAN ALOQA TIZIMIDA QO'LLASH

D. T. Muhamediyeva, F.A. Tagayev, Yusuf Sheraliyevich Yuldoshev

Ushbu maqolada kvant mexanikasi qonunlariga asoslangan holda maxfiy kalit hosil qilish va undan axborotni himoyalangan tarzda uzatishda foydalanish masalasi ko'rib chiqiladi. Taklif etilgan yondashuvda yuboruvchi va qabul qiluvchi o'rtasida kvant holatlari orqali dastlabki bitlar almashiladi, so'ngra mos keluvchi holatlar ajratib olinadi. Kanalda yuzaga keladigan xatolarni kamaytirish uchun bosqichma-bosqich tekshiruv va tuzatish usuli qo'llaniladi. Maxfiylik darajasini oshirish maqsadida yakuniy kalit bir yo'nalishli xeshlash asosida qisqartiriladi. Olingan kalit elliptik egri chiziqlar matematikasiga asoslangan ochiq va yopiq kalitli himoyalash mexanizmi bilan birgalikda axborotni shifrlash va qayta ochishda ishlatiladi. Tajriba natijalari taklif etilgan yondashuv maxfiy aloqa tizimlarida yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ta'minlashini ko'rsatadi.

Ilmiy axborotnoma/Scientific Journal of Samarkand University•Jan 1, 2026•0 citations

KVANT FIZIKASINING KIMYO VA ZAMONAVIY TIBBIYOT RIVOJLANISHIDAGI O'RNI

Normamatova Ravza Farruxovna Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kimyo yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Mazkur tezisda kvant fizikasining kimyo va zamonaviy tibbiyot rivojlanishidagi nazariy hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Kvant mexanikasi atom va molekulalarning ichki tuzilishini o‘rganishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi, elektronlarning energetik holati va atomlararo bog‘lanishlarni tushuntirishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kvant fizikasining kimyo sohasidagi qo‘llanilishi, xususan kvant kimyosi, spektroskopiya, lazer texnologiyalari va yangi kimyoviy moddalarni sintez qilishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kvant nazariyasi asosida yaratilgan hisoblash usullari murakkab kimyoviy reaksiyalarni oldindan aniqlash va samarali katalizatorlar ishlab chiqishda muhim vosita ekanligi ta’kidlangan. Tezisda zamonaviy tibbiyotda kvant fizikasi asosida rivojlangan diagnostika va davolash usullariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi, lazer terapiyasi hamda radioterapiya kabi texnologiyalarning ishlash prinsiplari kvant hodisalari bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan izohlangan. Ayniqsa, saraton kasalliklarini erta aniqlash va davolashda kvant texnologiyalarining samaradorligi tahlil etilgan. Bundan tashqari, nanotexnologiyalar va nanozarrachalar asosidagi dori vositalarini yaratishda kvant fizikasi muhim o‘rin egallashi yoritilgan. Kalit so‘zlar: kvant fizikasi, kvant mexanikasi, kvant kimyosi, molekulyar tuzilish, spektroskopiya, lazer texnologiyasi, nanotexnologiya, magnit-rezonans tomografiya, radioterapiya, diagnostika, kvant biologiyasi, innovatsion tibbiyot, nanozarrachalar, kimyoviy reaksiyalar, zamonaviy texnologiyalar.

•May 28, 2026•0 citations

ATOM FIZIKASIDA KORPUSKULYAR – TO‘LQIN DUALIZMINI ICHKI INTEGRAATSIYA ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Eliboy XUDAYBERDIYEV

Ushbu maqolada mikrodunyo hodisalarini, shu jumladan yadro fizikasi o‘rganadigan hodisalarni tushuntirishda muhim ro‘l o‘ynagan korpuskulyar to‘lqin dualizimi nazariyasini rivojlanishida ichki hamda fanlararo integratsiya asosida o’qitishning ahamiyati, bu nazariyani o‘qitishning metodologik muommolari fizikaviy va falsafiy nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Ma’lumki, tabiat, jamiyat va fikrlashning eng umumiy qonunlarini o’rganish falsafa fanning mavzusidir. Shu nuqtayi – nazardan, ilm – fan rivojlanishining hozirgi bosqichida falsafaning ilmiy tadqiqotlardagi o’rni, shuningdek, sanoat ishlab chiqarish, muhandislik va mashinasozlik asoslaridan biri bo’lgan fizikani o’qitish samaradorligini oshirishda yaqqol namoyon bo'ladi. Chunki ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun mutaxassislarni tayyorlashda o’rganilayotgan sohaning falsafiy jihatlarini har tomonlama tahlil qilish malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biridir

UzMU xabarlari•Mar 17, 2025•0 citations

CHIZIQLI GARMONIK OSSILYATOR UCHUN SHREDINGER TENGLAMASINI YECHIMLARI VA UNING IKKILAMCHI KVANTLANISHNING BA'ZI KOMMUTATSION MUNOSABATLARIGA TATBIQLARI

XUDOYOROVA Nigora Baxodir qizi, YOQUBOV Muhammad Abduraxmon o'g'li, RAIMOV Xolbek Kadirovich

Ushbu maqolada kvant garmonik ossillyator masalasiga o‘zgacha yondashuv keltirilgan bo‘lib, formulalarni keltirib chiqarishda differentsial tenglamalar nazaryasi, maxsus funksiyalar nazaryasi va qatorlar nazaryasidan foydalangan holda ilmiy adabiyotlarda keltirilib chiqarilishi ko‘rsatilmagan ba’zi farmulalar batafsil chiqarib isbotlangan. Bu yosh fiziklarni aynan shu mavzuni tushunishlariga yordam beradi degan umiddaman.

•Feb 26, 2023•0 citations

OLIY O‘QUV YURTLARIDA KVANT MEXANIKASI KURSIDA IKKI TIRQISHLI EKSPERIMENTNING FUNDAMENTAL FIZIK NATIJALARINI VA SUPERPOZITSIYA PRINSIPINI O‘RGANISH METODIKASI

Райгул Хoжаназарoва, Б А Абдикамалов

Tadqiqotning asosiy maqsadi foton, electron yoki boshqa mikrozarrachalarning interferensiyalanish holatlarini superpozitsiya natijasida koʻrsatish kerak boʻlgan oʻqitish usullarini izlashdan iborat edi. Koʻzlangan maqsadga erishishda talaba har qanday toʻlqin jarayonining interferensiyalanishi bilan bogʻlik barcha jarayonlarni visual va samarali aks ettirishi mumkin. Tadqiqot natijalari kvant mexanikasining turli boʻlimlarini oʻrganish izchilligi va mavzuni oʻrganishning dastlabki bosqishida superpozitsiya prinsipi va ikki tirqishli tajribani batafsil tahlil qilish bilan talabalarning bilimlari yoʻqori koʻrsatkichlarga sezilarli darajada oshganligini koʻrsatdi.

UzMU xabarlari•Oct 30, 2024•0 citations