Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Log inSign up
Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Blog
Job Board
Q3AS

© 2026 Aqora Quantum S.A.S.

TermsPrivacyLegal Notice

Klassik tasvirni kvant tasvirga aylantirish algoritmlari va vositalari

Озод Жўраевич Бабомурадов, Ro‘zimboy Sobirov

Published Jan 1, 2025• 0 citations
Publisher

Abstract

Ushbu tadqiqotda klassik tasvirlarni kvant tasvirlariga aylantirish algoritmlari tahlil qilinadi, bu esa kvant tasvirlarni qayta ishlashning muhim bosqichlaridan biridir. IBM real vaqt kompyuterida va Aer simulyatorida 8 000 ta tortishish bilan kvant sxemasi, tasvirni kvant fonnatiga samarali kodlash va qubitlardan foydalanish miqdorini optimallashtirish bo'yicha taklif etilgan yondashuvni taqdim etamiz. Tadqiqot natijalari kvant tasvirlarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin

DOI
10.24412/cl-37444-2025-1-246-250

Related papers

KVANT MEXANIKASI VA SUN’IY INTELLEKT: KATTA MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASHDA ZAMONAVIY USULLAR

Xudayberdiyev Fazogir Juraboyevich, Erkinov Azizbek Bahodir o'g'li

Ushbu maqolada kvant mexanikasi va sun’iy intellektning (SI) o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashdagi imkoniyatlari o‘rganiladi. An’anaviy hisoblash texnologiyalariga nisbatan kvant kompyuterlarining ustunligi tahlil qilinib, ularning SI algoritmlarini rivojlantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kvant algoritmlari murakkab tizimlarni modellashtirish, optimallashtirish va kvant o‘quv algoritmlari yordamida katta ma’lumotlarni qayta ishlash uchun samarali vosita bo‘lishi mumkin.

Современная наука и исследования•Feb 10, 2025•0 citations

KVANT ALGORITMI ASOSIDA TASVIRNI KODLASH VA KVANT GAUS FILTRLASH MODELLASHTIRILISHI

Muxamediyeva D.T., G'aniyev U.N., Ametova G.E.

Ushbu maqolada tasvirlarni kvant kompyuter muhitida ifodalash va qayta ishlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Noise Entangling Quantum Representation (NEQR) algoritmidan foydalanib, 16×16 o‘lchamli kulrang tasvir kvant holatiga kodlandi. Shuningdek, tasvir sifati va shovqinga chidamlilikni oshirish maqsadida kvant Gaus filtri qo‘llandi hamda Qiskit kutubxonasi orqali AerSimulator yordamida tajribalar amalga oshirildi. Kvant shovqin modeli sifatida depolarizatsiya va o‘lchov xatoliklarini o‘z ichiga olgan probabilistik shovqin modeli ishlatildi. Natijalar kvant tasvirni qayta ishlash algoritmlarining amaliy imkoniyatlari va cheklovlarini baholash hamda kelajak kvant tasvirni qayta ishlash tizimlari uchun metodologik asos yaratishga xizmat qiladi.

•Dec 13, 2025•0 citations

KVANT TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLARI: KELIB CHIQISHIDAN HOZIRGI HOLATIGACHA

Muyassar Davlatova

Ushbu maqolada kvant texnologiyalarining eng so’nggi mahsullaridan hisoblangan kvant kompyuterini ishlashining nazariy asoslari, axborotni qayta ishlash va uning o'ziga xos xususiyatlari, amaliyotga tadbiq etishning murakkabliklari shu jumladan, kvant hisoblashning rivojlanish bosqichlari, kontseptsiyadan tortib, butun dunyo va O’zbekistondagi holati, olib borilayotgan ishlargacha muhokama qilinadi. Kvant texnologiyalaridan turli sohalarda foydalanish istiqbollari biroz bahsli. Kvant kompyuterlarining tibbiyotga kiritilishi odamlarning hayot sifatini va sog’liqlarini sezilarli darajada yaxshilaydigan yangi dori vositalarini yaratishga yo‘l ochadi. Miyani yanada samarali o'rganish, Parkinson va Altsgeymer kabi kasalliklarini davolash mumkin bo'ladi. Kvant texnologiyalarini qo'llash orqali ishonchli xavfsizlikni yaratish va infratuzilmani yanada samarali rivojlantirish mumkin bo'ladi. Ammo harbiy ishlarda sun'iy intellekt va kvant texnologiyalari butunlay yangi qurollarning yaratilishiga olib kelishi ommaviy qirg'inni yuzaga chiqarishi mumkin.

Eurasian Journal of Law Finance and Applied Sciences•Dec 23, 2025•0 citations

KVANT FIZIKASINING TARIXIY EVOLYUTSIYASI VA ZAMONAVIY FIZIKADAGI O'RNI

Erkin Berdiyevicha Xujanov, Dilsoraxon G'ofur qizia Niyozxo'jayeva

Ushbu maqolada kvant fizikasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, asosiy nazariyalar va zamonaviy fizika va texnologiyadagi o‘rni tadqiq etilgan. Kvant nazariyasining paydo bo‘lishi, klassik fizika qonunlaridan farqari, 20-asrdagi muhim kashfiyotlar va 21-asr texnologiyalariga ta’siri tahlil qilingan

Educational Research in Universal Sciences•Apr 10, 2026•0 citations

KVANT HOLATLARI ASOSIDA MAXFIY KALIT HOSIL QILISH VA UNI ELLIPTIK EGRI CHIZIQLAR YORDAMIDA HIMOYALANGAN ALOQA TIZIMIDA QO'LLASH

D. T. Muhamediyeva, F.A. Tagayev, Yusuf Sheraliyevich Yuldoshev

Ushbu maqolada kvant mexanikasi qonunlariga asoslangan holda maxfiy kalit hosil qilish va undan axborotni himoyalangan tarzda uzatishda foydalanish masalasi ko'rib chiqiladi. Taklif etilgan yondashuvda yuboruvchi va qabul qiluvchi o'rtasida kvant holatlari orqali dastlabki bitlar almashiladi, so'ngra mos keluvchi holatlar ajratib olinadi. Kanalda yuzaga keladigan xatolarni kamaytirish uchun bosqichma-bosqich tekshiruv va tuzatish usuli qo'llaniladi. Maxfiylik darajasini oshirish maqsadida yakuniy kalit bir yo'nalishli xeshlash asosida qisqartiriladi. Olingan kalit elliptik egri chiziqlar matematikasiga asoslangan ochiq va yopiq kalitli himoyalash mexanizmi bilan birgalikda axborotni shifrlash va qayta ochishda ishlatiladi. Tajriba natijalari taklif etilgan yondashuv maxfiy aloqa tizimlarida yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ta'minlashini ko'rsatadi.

Ilmiy axborotnoma/Scientific Journal of Samarkand University•Jan 1, 2026•0 citations

KVANT KOMPYUTERLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI

Zebo Mahmanazarova, Aziza G'oyibnazarova, Mexribonu Bobonazarova +1 more

Ushbu tezisda kvant kompyuterlarining ishlash prinsiplari, ularning nazariy asoslari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridagi imkoniyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Kvant hisoblash modeli klassik hisoblash tizimlaridan tubdan farq qilib, kvant mexanikasining fundamental qonunlariga asoslanadi. Xususan, Superposition va Quantum Entanglement kabi hodisalar yordamida kvant tizimlari bir vaqtning o‘zida bir nechta holatlarni ifodalash imkoniga ega bo‘ladi.Tadqiqotda kvant kompyuterlarning amaliy qo‘llanilish sohalari, jumladan kriptografiya, sun’iy intellekt, optimallashtirish masalalari, dori vositalarini yaratish hamda iqlim modellashtirish kabi yo‘nalishlardagi imkoniyatlari yoritilgan. Ayniqsa, kvant algoritmlar, xususan Shor's Algorithm va Grover's Algorithm algoritmlarining klassik kriptografik tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi.

•Apr 14, 2026•0 citations