KVANT ALGORITMI ASOSIDA TASVIRNI KODLASH VA KVANT GAUS FILTRLASH MODELLASHTIRILISHI
Muxamediyeva D.T., G'aniyev U.N., Ametova G.E.
Abstract
Ushbu maqolada tasvirlarni kvant kompyuter muhitida ifodalash va qayta ishlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Noise Entangling Quantum Representation (NEQR) algoritmidan foydalanib, 16×16 o‘lchamli kulrang tasvir kvant holatiga kodlandi. Shuningdek, tasvir sifati va shovqinga chidamlilikni oshirish maqsadida kvant Gaus filtri qo‘llandi hamda Qiskit kutubxonasi orqali AerSimulator yordamida tajribalar amalga oshirildi. Kvant shovqin modeli sifatida depolarizatsiya va o‘lchov xatoliklarini o‘z ichiga olgan probabilistik shovqin modeli ishlatildi. Natijalar kvant tasvirni qayta ishlash algoritmlarining amaliy imkoniyatlari va cheklovlarini baholash hamda kelajak kvant tasvirni qayta ishlash tizimlari uchun metodologik asos yaratishga xizmat qiladi.