Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Log inSign up
Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Blog
Job Board
Q3AS

© 2026 Aqora Quantum S.A.S.

TermsPrivacyLegal Notice

IZLANUVCHI

DASTURIY VOSITALAR ORQALI IKKI ZARRACHALI SHRYODINGER OPERATORINING DISKRET XOS QIYMATLARINI TADQIQ QILISH

Rahmonov Boʻron Normamatovich, Razzoqova Hayitgul Safar qizi

Published Dec 3, 2025• 0 citations
Publisher

Abstract

Ushbu maqolada ikki zarrachali kvant tizimlarida Shryodinger operatorining diskret xos qiymatlarini dasturiy vositalar yordamida hisoblash va tahlil qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda numerik metodlar va algoritmik yondashuvlar asosida zarrachalarning energiya darajalari aniqlanadi, natijalar grafik va jadvallar yordamida vizual tarzda taqdim etiladi. Ushbu yondashuv kvant mexanikasi va ilmiy hisoblash sohalarida amaliy qo‘llanilishga mos keladi.

DOI
10.5281/zenodo.17804465

Related papers

KVANT HOLATLARI ASOSIDA MAXFIY KALIT HOSIL QILISH VA UNI ELLIPTIK EGRI CHIZIQLAR YORDAMIDA HIMOYALANGAN ALOQA TIZIMIDA QO'LLASH

D. T. Muhamediyeva, F.A. Tagayev, Yusuf Sheraliyevich Yuldoshev

Ushbu maqolada kvant mexanikasi qonunlariga asoslangan holda maxfiy kalit hosil qilish va undan axborotni himoyalangan tarzda uzatishda foydalanish masalasi ko'rib chiqiladi. Taklif etilgan yondashuvda yuboruvchi va qabul qiluvchi o'rtasida kvant holatlari orqali dastlabki bitlar almashiladi, so'ngra mos keluvchi holatlar ajratib olinadi. Kanalda yuzaga keladigan xatolarni kamaytirish uchun bosqichma-bosqich tekshiruv va tuzatish usuli qo'llaniladi. Maxfiylik darajasini oshirish maqsadida yakuniy kalit bir yo'nalishli xeshlash asosida qisqartiriladi. Olingan kalit elliptik egri chiziqlar matematikasiga asoslangan ochiq va yopiq kalitli himoyalash mexanizmi bilan birgalikda axborotni shifrlash va qayta ochishda ishlatiladi. Tajriba natijalari taklif etilgan yondashuv maxfiy aloqa tizimlarida yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ta'minlashini ko'rsatadi.

Ilmiy axborotnoma/Scientific Journal of Samarkand University•Jan 1, 2026•0 citations

FISHER AXBOROTI ASOSIDA VARIATSION KVANT ALGORITMLAR INFORMATIV PARAMETRLARINI ANIQLASH

Mamatov N.S, Muhamediyeva D.T., Shukrulloyev B.R.

Ushbu maqolada variatsion kvant algoritmlarida optimal parametrlar sonini aniqlash masalasi tadqiq etiladi. Variatsion kvant algoritmlarining hisoblash samaradorligi parametrik kvant ansatzning ifodaviyligi va undagi parametrlar soniga bevosita bog‘liq. Parametrlar sonining ortishi kvant holatlar fazosini kengroq ifodalash imkonini bersa-da, optimallashtirish fazosining o‘lchami, kvant sxemasi chuqurligi va hisoblash xarajatlarining oshishiga olib keladi. Shu sababli masalani yetarli aniqlikda yechish imkonini beradigan minimal parametrlar sonini aniqlash muhim hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda ushbu masalani hal qilish uchun Kvant Fisher axborotiga asoslangan parametr tanlash usuli taklif etiladi. Parametrik kvant holat uchun QFI matritsasi shakllantirilib, uning xos qiymatlari asosida umumiy kvant axborotining parametrik yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi aniqlanadi. QFI axborotining kumulyativ ulushi va yangi parametr kiritilganda hosil bo‘ladigan marginal axborot o‘sishi asosida optimal parametrlar sonini aniqlash mezoni shakllantiriladi. Taklif etilgan yondashuv variatsion kvant algoritmlarida parametrlar sonini faqat empirik ravishda emas, balki kvant axborot-geometrik xususiyatlari asosida aniqlash imkonini beradi.

•Sep 25, 2026•0 citations

WATSON INTEGRALLARINING UCH O‘LCHAMLI PANJARADAGI IKKI FERMIONLI SISTEMALARNING SHREDINGER OPERATORLARI XOS QIYMATLARINI TOPISHGA TADBIQI

A.B. Xasanov, A.B. Xasanov, A.B. Xasanov

Schrödinger operatori kvant mexanikasining asosiy operatorlaridan biri bo‘lib, tizimning energetik holatini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Operatorning xos qiymatlarini topish, ya'ni tizimning energiya darajalarini aniqlash, kvant mexanikasining muhim masalalaridan biridir. Bunday masalalarni yechishda ko‘pincha integral hisoblash usullari, jumladan Watson integrallari, qo‘llaniladi. Bu integrallar o‘zining murakkab strukturalari bilan tanilgan bo‘lib, ular ma'lum bir o‘zgaruvchilarga qarab funksiyalarni to‘g‘ri aniqlashda yordam beradi. Schrödinger operatorining xos qiymatlarini aniqlash uchun Watson integralini qo‘llash orqali tizimning energetik holatlarini hisoblash mumkin.

Современная наука и исследования•Mar 30, 2025•0 citations

KVANT FIZIKASINING KIMYO VA ZAMONAVIY TIBBIYOT RIVOJLANISHIDAGI O'RNI

Normamatova Ravza Farruxovna Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kimyo yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Mazkur tezisda kvant fizikasining kimyo va zamonaviy tibbiyot rivojlanishidagi nazariy hamda amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Kvant mexanikasi atom va molekulalarning ichki tuzilishini o‘rganishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi, elektronlarning energetik holati va atomlararo bog‘lanishlarni tushuntirishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kvant fizikasining kimyo sohasidagi qo‘llanilishi, xususan kvant kimyosi, spektroskopiya, lazer texnologiyalari va yangi kimyoviy moddalarni sintez qilishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kvant nazariyasi asosida yaratilgan hisoblash usullari murakkab kimyoviy reaksiyalarni oldindan aniqlash va samarali katalizatorlar ishlab chiqishda muhim vosita ekanligi ta’kidlangan. Tezisda zamonaviy tibbiyotda kvant fizikasi asosida rivojlangan diagnostika va davolash usullariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi, lazer terapiyasi hamda radioterapiya kabi texnologiyalarning ishlash prinsiplari kvant hodisalari bilan bog‘liqligi ilmiy jihatdan izohlangan. Ayniqsa, saraton kasalliklarini erta aniqlash va davolashda kvant texnologiyalarining samaradorligi tahlil etilgan. Bundan tashqari, nanotexnologiyalar va nanozarrachalar asosidagi dori vositalarini yaratishda kvant fizikasi muhim o‘rin egallashi yoritilgan. Kalit so‘zlar: kvant fizikasi, kvant mexanikasi, kvant kimyosi, molekulyar tuzilish, spektroskopiya, lazer texnologiyasi, nanotexnologiya, magnit-rezonans tomografiya, radioterapiya, diagnostika, kvant biologiyasi, innovatsion tibbiyot, nanozarrachalar, kimyoviy reaksiyalar, zamonaviy texnologiyalar.

•May 28, 2026•0 citations

ISSIQLIK ENERGETIKA OBYEKTLARINING BOSHQARISH TIZIMI SINTEZLASHDA KVANT-FOTON-SPIN USULINI QO‘LLASH

Noilakhon Sobirjоnovna Yakubova

Mazkur maqolada issiqlik energetika obyektlarining murakkab dinamik tizimlarini boshqarish samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Boshqarish tizimini sintezlashda kvant algoritmlari, foton polarizatsiyasi va spin holatlariga asoslangan kvant-foton-spin yondashuvini qo‘llash taklif etilgan. Ushbu usulning mohiyati issiqlik energetika obyektini o‘zaro bog‘langan lokal kvant tizimlariga ajratish hamda har bir tizim uchun optimal boshqarish parametrlarini parallel hisoblash imkonini berishdan iborat. Taklif etilgan yondashuvda dinamik obyektlarni matematik modellashtirish jarayonida kvant superpozitsiya va interferensiya prinsiplari qo‘llanib, boshqarish algoritmining moslashuvchanligi va hisoblash tezkorligi oshiriladi. Kvant-foton-spin asosidagi algoritm bug‘ qizdirgichning asosiy texnologik parametrlarini boshqarish tizimini sintezlashda tajribadan o‘tkazildi. Olingan natijalar an’anaviy boshqarish usullari bilan solishtirilganda, taklif etilgan yondashuv boshqarish jarayonining tezkorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hamda tashqi g‘alayonlar ta’sirida tizimning barqarorligini ta’minlashini ko‘rsatadi.

Journal of science and innovative development•Apr 30, 2026•0 citations

Оптимизация квантовым алгоритмом на основе метода Гровера

Sh. A. Toirov, Ilhom Boynazarov

Ushbu maqolada kvant algoritmlarning Grover usuli orqali global optimallashtirish masalasini yechish jarayonlari koʻrib chiqilgan boʻlib, global optimallashtirish masalasini kvant algoritmlar orqali yechishda bir vaqtning oʻzida mumkin boʻlgan barcha yechimlarni koʻrib chiqish, toʻgʻri natijani aniqlash usullari keltirib oʻtilgan. Kvant algoritm asosida optimallashtirish masalalarini yechishning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan va olingan natijalar tahlil qilingan.

Международный Журнал Теоретических и Прикладных Вопросов Цифровых Технологий•Oct 2, 2023•0 citations