Journal of science and innovative development
ISSIQLIK ENERGETIKA OBYEKTLARINING BOSHQARISH TIZIMI SINTEZLASHDA KVANT-FOTON-SPIN USULINI QO‘LLASH
Noilakhon Sobirjоnovna Yakubova
Abstract
Mazkur maqolada issiqlik energetika obyektlarining murakkab dinamik tizimlarini boshqarish samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Boshqarish tizimini sintezlashda kvant algoritmlari, foton polarizatsiyasi va spin holatlariga asoslangan kvant-foton-spin yondashuvini qo‘llash taklif etilgan. Ushbu usulning mohiyati issiqlik energetika obyektini o‘zaro bog‘langan lokal kvant tizimlariga ajratish hamda har bir tizim uchun optimal boshqarish parametrlarini parallel hisoblash imkonini berishdan iborat. Taklif etilgan yondashuvda dinamik obyektlarni matematik modellashtirish jarayonida kvant superpozitsiya va interferensiya prinsiplari qo‘llanib, boshqarish algoritmining moslashuvchanligi va hisoblash tezkorligi oshiriladi. Kvant-foton-spin asosidagi algoritm bug‘ qizdirgichning asosiy texnologik parametrlarini boshqarish tizimini sintezlashda tajribadan o‘tkazildi. Olingan natijalar an’anaviy boshqarish usullari bilan solishtirilganda, taklif etilgan yondashuv boshqarish jarayonining tezkorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hamda tashqi g‘alayonlar ta’sirida tizimning barqarorligini ta’minlashini ko‘rsatadi.