Mazkur maqolada issiqlik energetika obyektlarining murakkab dinamik tizimlarini boshqarish samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Boshqarish tizimini sintezlashda kvant algoritmlari, foton polarizatsiyasi va spin holatlariga asoslangan kvant-foton-spin yondashuvini qo‘llash taklif etilgan. Ushbu usulning mohiyati issiqlik energetika obyektini o‘zaro bog‘langan lokal kvant tizimlariga ajratish hamda har bir tizim uchun optimal boshqarish parametrlarini parallel hisoblash imkonini berishdan iborat. Taklif etilgan yondashuvda dinamik obyektlarni matematik modellashtirish jarayonida kvant superpozitsiya va interferensiya prinsiplari qo‘llanib, boshqarish algoritmining moslashuvchanligi va hisoblash tezkorligi oshiriladi. Kvant-foton-spin asosidagi algoritm bug‘ qizdirgichning asosiy texnologik parametrlarini boshqarish tizimini sintezlashda tajribadan o‘tkazildi. Olingan natijalar an’anaviy boshqarish usullari bilan solishtirilganda, taklif etilgan yondashuv boshqarish jarayonining tezkorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hamda tashqi g‘alayonlar ta’sirida tizimning barqarorligini ta’minlashini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada kvant algoritmlarini qurish tamoyillari va ularning asosiy xususiyatlari, kvant parallelizmi va yuqori samarali hisoblashning klassik usullari o’rtasidagi farqllar, kvant sxemalari asosida kvant algoritmlarini ishlab chiqish strategiyasi ko’rib chiqilgan va yuqori darajali dasturlash tillar C, C++ dan foydalangan holda kvant algoritmlarini amalga oshiradigan dasturlash usullari taklif etilgan. Bundan tashqari kvant telpartatsiyasiga to’xtalib o’tilgan hamda yuqoridagilarga asoslangan hola unitar o’zgarishlarni amalga oshirish uchun yondashuv tavsiflanadi.
Ushbu tadqiqotda klassik tasvirlarni kvant tasvirlariga aylantirish algoritmlari tahlil qilinadi, bu esa kvant tasvirlarni qayta ishlashning muhim bosqichlaridan biridir. IBM real vaqt kompyuterida va Aer simulyatorida 8 000 ta tortishish bilan kvant sxemasi, tasvirni kvant fonnatiga samarali kodlash va qubitlardan foydalanish miqdorini optimallashtirish bo'yicha taklif etilgan yondashuvni taqdim etamiz. Tadqiqot natijalari kvant tasvirlarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin
Ushbu maqolada kvant algoritmlarini qurish tamoyillari va ularning asosiy xususiyatlari, kvant parallelizmi va yuqori samarali hisoblashning klassik usullari o’rtasidagi farqllar, kvant sxemalari asosida kvant algoritmlarini ishlab chiqish strategiyasi ko’rib chiqilgan va yuqori darajali dasturlash tillar C, C++ dan foydalangan holda kvant algoritmlarini amalga oshiradigan dasturlash usullari taklif etilgan. Bundan tashqari kvant telpartatsiyasiga to’xtalib o’tilgan hamda yuqoridagilarga asoslangan hola unitar o’zgarishlarni amalga oshirish uchun yondashuv tavsiflanadi.
Ushbu maqolada kvant mexanikasi va sun’iy intellektning (SI) o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashdagi imkoniyatlari o‘rganiladi. An’anaviy hisoblash texnologiyalariga nisbatan kvant kompyuterlarining ustunligi tahlil qilinib, ularning SI algoritmlarini rivojlantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kvant algoritmlari murakkab tizimlarni modellashtirish, optimallashtirish va kvant o‘quv algoritmlari yordamida katta ma’lumotlarni qayta ishlash uchun samarali vosita bo‘lishi mumkin.