Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Log inSign up
Challenges
Datasets
Workspaces
Papers
Discussions
Leaderboard
Blog
Job Board
Q3AS

© 2026 Aqora Quantum S.A.S.

TermsPrivacyLegal Notice

Qiskit, Microsoft Q#, Cirq, PyQuil VA IBM Quantum Composer-ga E'TIBOR QARATGAN HOLDA KVANT HISOBLASHDA DASTURLASH TILLARINING AHAMIYATI

Norqobilov Sobir Hamza o'g'li

Published May 2, 2023• 0 citations
Publisher

Abstract

Ushbu maqola Qiskit, Microsoft Q#, Cirq, PyQuil va IBM Quantum Composer-ga e’tibor qaratgan holda kvant hisoblashda dasturlash tillarining ahamiyatini o‘rganib chiqilgan. Unda ularning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari muhokama qilinadi, shuningdek, yangi boshlanuvchilar uchun ko‘rsatmalar va manbalar taqdim etildi. Maqolada sohadagi muammolar va olib borilayotgan izlanishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Kvant hisoblashlari rivojlanishda davom etar ekan, dasturlash tillari ushbu kuchli tizimlarning imkoniyatlarini ochishda muhim rol o‘ynaydi.

DOI
10.5281/zenodo.7885082

Related papers

Kvant algoritmlarni ishlab chiqishda kvant kompyuterlarining oʻrni

Eldor Saidahmedov

Ushbu maqolada kvant algoritmlarini qurish tamoyillari va ularning asosiy xususiyatlari, kvant parallelizmi va yuqori samarali hisoblashning klassik usullari o’rtasidagi farqllar, kvant sxemalari asosida kvant algoritmlarini ishlab chiqish strategiyasi ko’rib chiqilgan va yuqori darajali dasturlash tillar C, C++ dan foydalangan holda kvant algoritmlarini amalga oshiradigan dasturlash usullari taklif etilgan. Bundan tashqari kvant telpartatsiyasiga to’xtalib o’tilgan hamda yuqoridagilarga asoslangan hola unitar o’zgarishlarni amalga oshirish uchun yondashuv tavsiflanadi.

Science and Innovation: Republican Scientific and Practical Conference•Apr 13, 2023•0 citations

KVANT ALGORITMLARNI ISHLAB CHIQISHDA KVANT KOMPYUTERLARINING O'RNI

Saidahmedov Eldor Islomovich

Ushbu maqolada kvant algoritmlarini qurish tamoyillari va ularning asosiy xususiyatlari, kvant parallelizmi va yuqori samarali hisoblashning klassik usullari o’rtasidagi farqllar, kvant sxemalari asosida kvant algoritmlarini ishlab chiqish strategiyasi ko’rib chiqilgan va yuqori darajali dasturlash tillar C, C++ dan foydalangan holda kvant algoritmlarini amalga oshiradigan dasturlash usullari taklif etilgan. Bundan tashqari kvant telpartatsiyasiga to’xtalib o’tilgan hamda yuqoridagilarga asoslangan hola unitar o’zgarishlarni amalga oshirish uchun yondashuv tavsiflanadi.

•Apr 14, 2023•0 citations

THE SYNERGY OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND QUANTUM COMPUTING: THE FUTURE OF PROBLEM SOLVING

Murodjon Mamurjanov, Muhammad M. Muradov

Ushbu maqola sun'iy intellekt (AI) va kvant hisoblash (QC) o'rtasidagi chuqur sinergiyani o'rganib chiqadi, ularning turli sohalarda muammolarni hal qilishni inqilob qilishdagi birlashgan salohiyatini ta'kidlaydi. Unda kvant algoritmlari AI imkoniyatlarini, xususan, mashinani o'rganish, optimallashtirish va ma'lumotlarni tahlil qilishda klassik hisoblash cheklovlaridan oshib, qanday tezlashtirishi chuqur ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, maqolada ushbu kuchli konvergentsiya bilan bog'liq paydo bo'layotgan muammolar va axloqiy masalalar muhokama qilinadi, kelajakdagi tadqiqot va ishlanmalar uchun yo'l xaritasi taklif etiladi. Yakuniy xulosaga ko'ra, AI va QC integratsiyasi paradigma o'zgarishini anglatadi, bu ilmiy kashfiyotlar va texnologik innovatsiyalarda misli ko'rilmagan yutuqlarga yo'l ochadi.

Young Scientists•Apr 13, 2026•0 citations

KVANT KALITLARINI TAQSIMLASH BILAN OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARINING KIBERHIMOYASINI TA’MINLASH

Axmadxonov Afzaliddin Abduvosi o‘g‘li

Mazkur ilmiy maqola zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kvant kriptografiyasi, xususan, kvant kalitlarini taqsimlash (Quantum Key Distribution — QKD) texnologiyasi asosida optik tolali aloqa liniyalarining kiberhimoyasini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan. Axborot xavfsizligi global miqyosda dolzarb muammoga aylangan bir sharoitda, klassik kriptografik algoritmlarning hisoblash quvvatining ortib borishi va kvant kompyuterlar rivoji sababli zaiflashib borayotgani ilmiy jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Shu nuqtai nazardan, kvant mexanikasi qonunlariga asoslangan xavfsiz aloqa texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada QKD texnologiyasining nazariy asoslari, xususan, kvant holatlarining superpozitsiyasi, noaniqlik printsipi va kvant o‘lchov jarayonining axborotga ta’siri kabi fundamental tushunchalar tahlil qilinadi. Shuningdek, BB84 va E91 kabi asosiy QKD protokollarining ishlash prinsiplari ilmiy asoslangan holda bayon etiladi. Ushbu protokollar yordamida kalitlarni uzatishda uchinchi tomon aralashuvini aniqlash imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib beriladi, bu esa klassik kriptografiyaga nisbatan tubdan yangi xavfsizlik paradigmasini shakllantiradi. Optik tolali aloqa liniyalarida QKD texnologiyasini joriy etishning texnik jihatlari ham maqolada batafsil yoritilgan. Jumladan, fotonlarning susayishi, dispersiya, shovqinlar va detektorlarning samaradorligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, real telekommunikatsiya tizimlarida QKD integratsiyasining arxitektura yechimlari va mavjud cheklovlar tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy tajribalar va amaliy loyihalar, jumladan, Yevropa, Xitoy va AQShda amalga oshirilgan kvant aloqa tarmoqlari haqida qisqacha ilmiy sharh beriladi.

Modern education and development•Apr 7, 2026•0 citations

KVANT TEXNOLOGIYALARI: HISOBLASH, ALOQA VA SIMULATSIYA KELAJAGI

Qo'chqorov Muhammadyahyo, A'zamov Abror

Ushbu maqolada kvant texnologiyalarining zamonaviy axborot tizimlaridagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilinadi. Kvant hisoblash, kvant aloqa va kvant simulatsiya tushunchalarining nazariy asoslari hamda ularning an’anaviy texnologiyalardan ustun jihatlari yoritib berilgan. Kvant bit (qubit), superpozitsiya va kvant chalkashligi (entanglement) kabi fundamental tushunchalarning hisoblash samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kvant texnologiyalarining kriptografiya, farmatsevtika, sun’iy intellekt va murakkab tizimlarni modellashtirish sohalaridagi amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kvant texnologiyalari kelajakda yuqori unumdor hisoblash va xavfsiz aloqa infratuzilmasini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

•Dec 24, 2025•0 citations

KVANT TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLARI: KELIB CHIQISHIDAN HOZIRGI HOLATIGACHA

Muyassar Davlatova

Ushbu maqolada kvant texnologiyalarining eng so’nggi mahsullaridan hisoblangan kvant kompyuterini ishlashining nazariy asoslari, axborotni qayta ishlash va uning o'ziga xos xususiyatlari, amaliyotga tadbiq etishning murakkabliklari shu jumladan, kvant hisoblashning rivojlanish bosqichlari, kontseptsiyadan tortib, butun dunyo va O’zbekistondagi holati, olib borilayotgan ishlargacha muhokama qilinadi. Kvant texnologiyalaridan turli sohalarda foydalanish istiqbollari biroz bahsli. Kvant kompyuterlarining tibbiyotga kiritilishi odamlarning hayot sifatini va sog’liqlarini sezilarli darajada yaxshilaydigan yangi dori vositalarini yaratishga yo‘l ochadi. Miyani yanada samarali o'rganish, Parkinson va Altsgeymer kabi kasalliklarini davolash mumkin bo'ladi. Kvant texnologiyalarini qo'llash orqali ishonchli xavfsizlikni yaratish va infratuzilmani yanada samarali rivojlantirish mumkin bo'ladi. Ammo harbiy ishlarda sun'iy intellekt va kvant texnologiyalari butunlay yangi qurollarning yaratilishiga olib kelishi ommaviy qirg'inni yuzaga chiqarishi mumkin.

Eurasian Journal of Law Finance and Applied Sciences•Dec 23, 2025•0 citations