POSTKVANT KRIPTOGRAFIYA VA ZAMONAVIY SHIFRLASH MUAMMOLARI
Allaberganova Nasiba Muradovna, Ruzibayev Eldorjon
Abstract
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi zamonaviy jamiyatda ma’lumot almashinuvi, raqamli kommunikatsiya va elektron tizimlarning ahamiyatini keskin oshirdi. Bugungi kunda davlat boshqaruvi, bank-moliya sektori, harbiy tizimlar hamda internet xizmatlarining asosiy qismi kriptografik himoya mexanizmlariga tayangan holda faoliyat yuritmoqda. Shifrlash texnologiyalari axborot xavfsizligini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biri sifatida maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish, foydalanuvchi identifikatsiyasini tasdiqlash hamda raqamli tizimlarning yaxlitligini saqlash vazifasini bajaradi.