KVANT MEXANIKASI VA RELYATIVISTIK FIZIKANING MATEMATIK MODELLARI
Namozov Diyorbek Baxtiyor oʻgʻli
Abstract
Mazkur maqolada kvant mexanikasi va relyativistik fizikaning matematik modellari, ularning nazariy asoslari hamda zamonaviy fizik jarayonlarni tavsiflashdagi o‘rni tahlil qilingan. Kvant tizimlarini ifodalashda Shredinger, Geyzenberg va Dirak formalizmlarining matematik xususiyatlari, shuningdek, maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasida qo‘llaniladigan differensial geometriya, tenzor hisobi va fazo-vaqt metrikalarining fizik mazmuni yoritilgan. Maqolada kvant maydon nazariyasi hamda relyativistik mexanikaning matematik modellarini uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilib, ularning zamonaviy fizika, kosmologiya va elementar zarralar nazariyasidagi ahamiyati ochib berilgan.