ACUMEN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
KVANT KOMPYUTERLARI RIVOJLANISHINING RSA SHIFRLASH ALGORITMIGA TA'SIRI
Asatullayeva Hosila Sobir qizi
Abstract
Mazkur maqolada kvant kompyuterlarining rivojlanishi va ularning zamonaviy kriptografiya tizimlariga, xususan RSA shifrlash algoritmiga ta’siri tahlil qilinadi. RSA algoritmining ishlash tamoyillari, uning xavfsizligi asoslangan matematik muammolar hamda kvant kompyuterlarida qo‘llaniladigan Shor algoritmining imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kvant texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan xavflar va ularga qarshi ishlab chiqilayotgan kvantga chidamli kriptografik usullar haqida ma’lumot berilgan