KVANT SHAROITIDA BLOKCHEYN TIZIMLARIDA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI TAHLILI.
Aziza G'oyibnazarova
Abstract
Mazkur ilmiy tezisda kvant hisoblash texnologiyalarining rivojlanishi fonida blokcheyn tizimlarida yuzaga kelayotgan xavfsizlik muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kvant kompyuterlarining klassik kriptografik algoritmlarga, xususan RSA va Elliptic Curve Cryptography (ECC) tizimlariga ko‘rsatadigan tahdidlari o‘rganilgan. Blokcheyn tizimlarida tranzaksiyalarni himoyalash, raqamli imzolarni tekshirish va konsensus mexanizmlarining barqarorligi kvant texnologiyalari nuqtai nazaridan baholangan. Shuningdek, post-kvant kriptografiyasi, lattice-based, hash-based va multivariate kriptografik algoritmlarning blokcheyn tizimlarida qo‘llanilishi tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari kvant kompyuterlarining rivojlanishi mavjud blokcheyn infratuzilmalariga sezilarli xavf tug‘dirishini ko‘rsatadi hamda post-kvant xavfsizlik standartlarini joriy etish zarurligini asoslaydi.