MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
TASHKILOT AXBOROT TIZIMLARINI KVANT TAHDIDLARIDAN HIMOYALASHDA POST-KVANT KRIPTOGRAFIK ALGORITMLARNI QO'LLASH
Muxlisa Gʻofurova, Sadoqat Tursunova
Abstract
Zamonaviy tashkilotlarning axborot tizimlari kriptografik himoyaning yangi avlodiga – post-kvantkriptografiyaga (Post-Quantum Cryptography, PQC) o‘tishni talab qilmoqda. Ushbu maqolada kvant kompyuterlariningan’anaviy kriptografik algoritmlar – RSA, ECC va Diffie–Hellman tizimlariga bo‘lgan tahdidi IMRAD metodologiyasi asosidatahlil qilingan. Shuningdek, 2024-yilda NIST tomonidan standartlashtirilgan CRYSTALS-Kyber, CRYSTALS-Dilithium,FALCON va SPHINCS+ algoritmlarining nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotnatijalari asosida tashkilotlar uchun post-kvant kriptografiyaga o‘tishning bosqichma-bosqich migratsiya strategiyasiishlab chiqilgan hamda xarajat-foyda (cost-benefit) tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining2024-yildagi PQ-293-son qarorida kriptologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida milliy axborotxavfsizligi tizimini mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.